21:13 / 30.01.2023
2 124

Qur’oni karim borasida 25 ta haqiqat

Qur’oni karim borasida 25 ta haqiqat
Qur’on — Alloh taoloning kalomi, yer yuzida eng ulug‘vor va o‘qilishi shart bo‘lgan kitobdir. Unda inkor etib bo‘lmaydigan faktlar va ilmiy kashfiyotlar mujassam. Qur’on — mo‘jiza, ya’ni (inson aqlini) ojiz qoldiruvchidir. Quyida ushbu Muqaddas Kitob haqida siz bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar savol-javob shaklida keltirilgan.

1. Qur’on necha pora (bo‘lim)dan iborat?
— 30.

2. Qur’onda nechta sura bor?
— 114 sura.

3. Makkada nechta sura nozil qilingan?
— 85ta.

4. Madinada nechta sura nozil qilingan?
— 29ta.

5. Qur’onda nechta oyat bor?
— Abdurahmon Abdulloh ibn Habib as-Sulmiydan, Ali ibn Abu Tolibdan roziyallohu anhu rivoyatiga ergashuvchi kufiy mazhabi (maktabi)ga ko‘ra, oyatlarning soni 6236 tadir.

6. Qur’onda nechta so‘z bor?
— 77439.

7. Qur’onda nechta harf bor?
— 323015.

8. Qur’onda nechta harfusti belgilari bor?
— 1025030.

9. Eng kichik sura qaysi?
— “Kavsar” surasi, u uchta oyatdan iborat.

10. Qaysi sura eng uzun?
— "Baqara" surasi.

11. Qur’ondagi eng uzun oyat qaysi?
— "Din" deb ataluvchi "Baqara" surasining 282-oyati.

12. Eng uzun so‘z qaysi?
— Anulzimukuma (Hud surasi, 28-oyat).

13. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga birinchi nozil qilingan sura qaysi?
— "Alaq" surasi.

14. Qur’ondagi eng e’zozlangan sura qaysi?
- "Fotiha" surasi.

15. Qur’onda eng ulug‘vor qaysi sura hisoblanadi?
— "Baqara" surasi.

16. Qaysi sura Qur’onning yarmiga teng?
— "Zalzalat" surasi.

17. Qaysi sura Qur’onning uchdan bir qismiga teng?
— "Ixlos" surasi.

18. Oyatlarning qaysi biri eng qimmatli va e’tirofli hisoblanadi?
— "Baqara" surasining 255-oyati — "Oyatal Kursiy”.

19. Qaysi sura insonni Dajjol yomonligidan saqlaydi?
— "Kahf" surasi.

20. Uyda o‘qilgan qaysi suradan jin qochadi?
— "Baqara" surasidan.

21. Qaysi sura ikki payg‘ambar nomi bilan tugaydi?
— "A’la" surasi.

22. Qur’onda qaysi so‘z ko‘p takrorlanadi?
— "Alloh" ismi, 2640 marta.

23. Qaysi surada Alloh taoloning ismi har bir oyatda zikr qilingan?
— "Mujodalat" surasi.

24. Qur’onda qanday ilohiy kitoblar tilga olingan?
— Tavrot, Zabur, Injil kitoblari, Ibrohim va Muso alayhissalomlar bitiklari.

25. Qur’oni karimda qaysi payg‘ambarlar nomi tilga olingan?
1. Odam alayhissalom.
2. Idris alayhissalom.
3. Nuh alayhissalom.
4. Hud alayhissalom.
5. Solih alayhissalom.
6. Ibrohim alayhissalom.
7. Lut alayhissalom.
8. Ismoil alayhissalom.
9. Is'hoq alayhissalom.
10. Ya’qub alayhissalom.
11. Yusuf alayhissalom.
12. Ayyub alayhissalom.
13. Shuayb alayhissalom.
14. Muso alayhissalom.
15. Horun alayhissalom.
16. Yunus alayhissalom.
17. Dovud alayhissalom.
18. Sulaymon alayhissalom.
19. Ilyos alayhissalom.
20. Al-Yasa’ alayhissalom.
21. Zakariyo alayhissalom.
22. Yahyo alayxissalom.
23. Zulkifl alayhissalom.
24. Iso alayhissalom.
25. Muhammad alayhissalom.

Abdulqodir Mahmud tayyorladi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qur’oni karim borasida 25 ta haqiqat