![Nega bizda shifokorlar ko‘p dori yozib berishadi?](/uploads/posts/2023-02/5006182_480017181362_1920x0_80_0_0_ea7d08eda3af273ecabf9c38779cb84e.jpg)
Shifokorlar haqida ko‘p gapiramiz. Ularni ayblovchilar ham, yoqlovchilar ham topiladi. Biroq tibbiyotimiz rostan ham muammolar qurshovida qolganmi? Agar shunday bo‘lsa kim aybdor va nima sababchi degan, savollar tug‘ilishi tabiiy. Nega ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmayapti?
AzonTV onlayn kanalida shu kabi savollar yuzasidan tashkil etilgan «Fikrat» tahliliy ko‘rsatuvining navbatdagi soni “Xorij va O‘zbekiston tibbiyoti: qiyosiy tahlil” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda doimiy ekspert, tibbiyot fanlari doktori, professor Zarifboy Ibodullayev qatnashdi.
Ko‘rsatuvda, jumladan, “Nega O‘zbekistonda shifokorlar bemorga juda ko‘p dori yozib berishadi”, degan savol ham berildi.
Professor bu savolga javob berib, “chunki aniq standartlar yo‘q”, dedi.
- Birinchi sababi – hamma biladigan holat – ayrim vijdonsiz shifokorlar ko‘proq dori yozadida, dori sotilishiga yordam bergani uchun dorixonadan bonus oladi, - dedi professor Zarifboy Ibodullayev.
- Ikkinchidan, farkompaniyalar “u dori zo‘r, bu dori zo‘r”, deb konferensiyalar o‘tkazadi. Keyin esa institutda yaxshi o‘qimagan, bilimi yo‘q ayrim shifokorlar o‘sha farmatsevtika kompaniyalarining vakillari tashlab ketgan dorilardan bir talayini yozib beradi.
Bir paytlar yurakda jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun xorijga borib kelgan hamkasbimiz aytgandi: bemor yuragida operatsiya o‘tkazishgan, shunt qo‘yishgan, keyin faqat “Plaviks” degan dori yozib bergan. Ya’ni, operatsiyadan keyin qonni suyultiruvchi dori yozib bergan xolos! Xorijda jarroh va shifokorning daromadi yetarli darajada bo‘lgani uchun, farmakompaniyalarning bonusiga ehtiyoji yo‘q. Keraksiz dorilarni yozib bermaydi. Zarur va foydali dorilarni tavsiya qiladi.
Bizda ham shunday qilish uchun ikki tarafni ham baravar olib borish kerak. Ham xalqning tibbiy savodxonligini ko‘tarish kerak, ham moddiy texnik bazani ko‘tarish kerak, - dedi tibbiyot fanlari doktori, professor Zarifboy Ibodullayev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar