13:20 / 28.02.2023
243

Namanganda haydovchi Damas'da 25 nafar bolani olib ketayotgani aniqlandi (video)

Namanganda haydovchi Damas'da 25 nafar bolani olib ketayotgani aniqlandi (video)

Namangan tumanida Damas avtomobiliga 25 nafar bolani mindirgan haydovchiga chora ko‘rildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan reyd o‘tkazilganda tuman hududida harakatlanayotgan Damas haydovchisi to‘xtatilgan. Avtomobil tekshirilganda haydovchi yo‘lovchi tashish qoidalariga zid ravishda harakat qilib, 25 nafar voyaga yetmagan bolalarni olib ketayotgani ma’lum bo‘lgan.

Haydovchining aytishicha, u har kuni bolalarni bog‘chadan olib keladi, bu safar esa bolalar ko‘pligi sabab mashinaga ko‘proq bolalarni olishga majbur bo‘lgan.

Inspektor tomonidan haydovchiga tushuntirish ishlari olib borilib, unga nisbatan tegishli bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yili Farg‘onada haydovchi Damas'da 28 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotganida to‘xtatilgan edi. Haydovchidan tegishli hujjatlar talab qilinganida unda na haydovchilik guvohnomasi, na boshqa hujjatlar yo‘qligi aniqlangandi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat