date
views 214

DXX Tojikistondan salkam 20 kilo giyohvand modda olib o‘tgan shaxsni ushladi (video)

DXX Tojikistondan salkam 20 kilo giyohvand modda olib o‘tgan shaxsni ushladi (video)
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi, deb xabar beradi O‘zA.
 
Xususan, o‘zbek—tojik davlat chegarasining Urgut tumani hududidan o‘tuvchi qismida 1997 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro ushlanib, undan mamlakatga qo‘shni Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan 19 kilogramm 799 gramm opiy moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur fuqaroga nisbatan DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246 (kontrabanda) va 273-moddalari (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uning jinoiy aloqalarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Tojikistondan salkam 20 kilo giyohvand modda olib o‘tgan shaxsni ushladi (video)