01:19 / 08.04.2023
383

Bosh prokuratura Samarqandda o‘zini o‘ldirgan 18 yoshli kelin ishi bo‘yicha munosabat bildirdi

Bosh prokuratura Samarqandda o‘zini o‘ldirgan 18 yoshli kelin ishi bo‘yicha munosabat bildirdi
Samarqand viloyati Urgut tumanida 3 mart kuni 18 yoshli kelin o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
 
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Urgut tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.
 
Mazkur qaror Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganilib, bekor qilindi va qo‘shimcha tekshirish harakatlarini har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazish haqida ko‘rsatma berilgan.
 
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2004 yilda tug‘ilgan A.S. “Tersak” mahallasidagi ota-onasining yashash xonadonida noma’lum sabablarga ko‘ra, arqon yordamida bo‘yin sohasidan osib, o‘z joniga qasd qilgan.
 
Sud tibbiyot ekspertizasining 25 mart kungi 6-sonli xulosasida S.A.ning o‘limi osilishda bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan qisilishi oqibatidagi mexanik asfiksiyadan kelib chiqqani ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, marhuma S.A.ning turmush o‘rtog‘i S.S. o‘z uyali telefonida saqlangan Telegram messenjerida tashkil etilgan kanalga joylangan turmush o‘rtog‘ining fotosuratini taqdim etgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat