date

"MATCh TV" sharhlovchisi Aleksandr Elagin pley-off bosqichidan boshlab Evro-2016 o‘yinlarini "UzReport TV" telekanalida sharhlab boradi

"MATCh TV" sharhlovchisi Aleksandr Elagin pley-off bosqichidan boshlab Evro-2016 o‘yinlarini "UzReport TV" telekanalida sharhlab boradi

Bugun Fransiyada futbol bo‘yicha Evropa chempionati o‘yinlari boshlanadi. Ochilish uchrashuvida maydon egalari Fransiya terma jamoasi Ruminiyaga qarshi bahs olib boradi. Bu haqda "Uzreport.uz" sayti xabar bermoqda.

Bu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi. «UzReport TV» telekanali esa translyasiyani soat 23:00dan boshlaydi. Avval xabar berganimizdek, telekanalimiz muxlislari Evro-2016 o‘yinlarini bir vaqtning o‘zida ikki tildagi – o‘zbek va rus tillaridagi sharhlarda tomosha qilishlari mumkin.

Hozircha Yamal 401 sun’iy yo‘ldoshi hamda “O‘zbektelekom” AKning “Telekom TV” IPTV xizmati orqali telekanalimizni tomosha qilayotgan muxlislar ushbu imkoniyatdan foydlanishlari mumkin.

Fransiya – Rumini uchrashuvini o‘zbek tilida Davron Fayziev, rus tilida esa Otabek Djuraev va Azamat Abduraimov tandemi sharhlab boradi.

Evro-2016 musobaqasining pley-off bosqichidan boshlab Rossiyaning “MATCh TV” telekanali taniqli sharhlovchisi Aleksandr Elagin yurtimizga tashrif buyurgan holda, “UzReport TV” telekanali orqali sharhlab boradi.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Elagin shu yilning boshida ham yurtimizga tashrif buyurib, Angliya Premer-ligasi o‘yinlarini “UzReport TV” telekanali orqali sharhlab borgandi.

“UzReport TV” telekanali orqali Evro-2016 bahslarini tomosha qiling hamda sevimli jamoangizni qo‘llab-quvvatlang!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » "MATCh TV" sharhlovchisi Aleksandr Elagin pley-off bosqichidan boshlab Evro-2016 o‘yinlarini "UzReport TV" telekanalida sharhlab boradi