23:00 / 25.04.2023
208

68 nafar xodimning maoshi undirib berildi

68 nafar xodimning maoshi undirib berildi
Andijon viloyatidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatining 68 nafar ishchi va sobiq xodimlari korxonadan oylik maoshlarini ololmayotganidan norozi bo‘lib sudga murojaat qilishgan hamda to‘lanmagan ish haqini undirish yuzasidan da’vo arizasi kiritilgan.
Mazkur da’vo asosida fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudi tomonidan Andijon viloyatidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 68 nafar ishchi va sobiq xodimlariga bo‘lgan jami 134 206 649 so‘m miqdoridagi oylik ish haqlarini undirish to‘g‘risida sud buyrug‘i chiqarilgan.
Ish haqlarini undirish bo‘yicha chiqarilgan sud buyruqlari Byuroning Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, tegishli tartibda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor jamiyatdan jami 134 206 649 so‘m miqdoridagi qarzdorlik to‘liq undirilib, undiruvchilarning bank plastik raqamlariga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.
Jumladan, fuqarolar A.Mo‘minovga 5 905 991 so‘m, B.Djumaboyevga 5 653 614 so‘m, Q.Kuchkarovga 5 731 388 so‘m, A.Abduraxmonovga 2 831 477 so‘m undirib berildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat