11:24 / 02.05.2023
96

O‘zbekistonda “Elektron retsept” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda “Elektron retsept” tizimi joriy etiladi

“Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan 2023—2025-yillarda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Chora-tadbirlar rejasida, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

  • “Elektron retsept” (reimbursatsiya) tizimini joriy etish;
  • Sanatoriylarga yo‘llanma olish, navbatni kuzatish va mavjud bo‘sh o‘rinlarni ko‘rish imkoniyatini beradigan “Elektron sanatoriy” platformasini ishlab chiqish;
  • Onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning elektron ro‘yxatini yuritishga mo‘ljallangan Cancer-registr axborot tizimini joriy etish;
  • Ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratish;
  • Yagona portal orqali vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari maʼlumotnomalarini olish imkoniyatini yaratish.

Mart oyida “elektron retsept” asosida aholining ehtiyojmand qatlamiga dori vositalarini bepul berish yo‘lga qo‘yilishi ma’lum bo‘lgandi. O‘shanda Toshkent shahrida 2023-yil iyul oyidan davlat tibbiy sug‘urta tizimi mexanizmlari tatbiq etilishi ham aytilgan edi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov yanvar oyida 2023-yildan boshlab O‘zbekistonning ikkita hududida tibbiy sug‘urta joriy etilishini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, shu yildan boshlab davlat tibbiy sug‘urta tizimini Toshkent shahrida joriy qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Vazirlik esa o‘ziga majburiyat olgan holda Navoiy viloyatida ham tibbiy sug‘urtani yo‘lga qo‘yadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda “Elektron retsept” tizimi joriy etiladi