6 may kuni Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori E.A. va Toshkent shahar Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi A.D.lar jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida, protsessual tartibda ushlandi.
Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura bunday tadbirlar prokuratura organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimni nopok xodimlaridan tozalash doirasida amalga oshirilayotganini qayd etgan. Shuningdek, tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida ishning boshqa tafsilotlar oshkor etilmasligi ma’lum qilindi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar