Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha juda issiq ob-havo kuzatildi. Havo harorati kunduz kunlari +39...+41 darajaga, janubda ba’zi joylarda +43...+45 darajaga yetdi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati cho‘l hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bugun havo harorati +36...+41 daraja, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda +42...+45 daraja atrofida bo‘ladi.
Kavkaz hududlaridan nisbatan biroz salqin havo kirib kelishi hisobiga ertangi kundan issiq biroz pasayadi. Havo harorati ish haftasi oxirigacha +33...+38 daraja atrofida bo‘ladi. Respublika eng chekka janubida issiq havo massasi ta’siri saqlanib turadi. Harorat asosan +39...+41 daraja, Surxondaryo viloyatida hafta o‘rtasiga borib, ba’zi joylarda +42...+44 darajagacha bo‘ladi.
20 iyunda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Hafta birinchi yarmida ob–havoning beqarorligi respublika tog‘oldi va tog‘li hududlarida saqlanib turadi – ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘adi. Bugun kun ikkinchi yarmida va ertaga ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, do‘l yog‘ishi ehtimoldan xoli emas.
Bugun va ertaga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 23 iyunda janubda va cho‘l hududlarda shamol kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab 20 iyunda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqiy yo‘nalishda esadi, faqat bugun kun ikkinchi yarmida shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Havo harorati 19 iyunda +38...+40 daraja, keyinchalik ish haftasi oxirigacha +35...+37 daraja bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yurak salomatligi uchun juda foydali bo‘lgan meva oshkor etildi
Asirga olingan ukrainalik askar kutilmagan iltimos bilan murojaat qildi
Putin: “Rossiya Ukraina bilan mojaro tezroq va tinch yo‘l bilan tugatilishidan manfaatdor”
Intellektni rivojlantirish uchun kitoblarni qanday mutolaa qilish kerak?
Germaniyadagi futbol musobaqasida g‘alati natija qayd etildi (video)
Viktor Orban: Zelenskiyning “g‘alaba rejasi” – bu aslida mag‘lubiyat rejasi
Hamasning yangi rahbari ma’lum qilindi
Putin Ukrainada yadroviy qurol paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi