date
views 81

Buxoroda 25 ming dollar evaziga AQSH vizasini olib berishni va’da qilgan ayol ushlandi

Buxoroda 25 ming dollar evaziga AQSH vizasini olib berishni va’da qilgan ayol ushlandi

Buxoroda o‘zgadan AQSHga yuborish uchun viza olib berish hamda ishga joylashtirish evaziga pora talab qilgan ayol ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Buxoro shahar “Navro‘z” mahallasida yashovchi 43 yoshli G‘.D. ismli ayol boshqa bir fuqaroni aldab, ishonchini suiiste’mol qilib, uni AQSHga ishga yuborish uchun vakolatli tanishlari orqali viza olib berish hamda AQSHda yashovchi tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgani aniqlangan.

Ayol “o‘z xizmati” evaziga 25 ming dollar miqdorida pul talab qilgan. U 21 iyun kuni soat 13:30 larda o‘zi yashab kelayotgan Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonida kelishilgan pulning 10 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro G‘.D. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda 25 ming dollar evaziga AQSH vizasini olib berishni va’da qilgan ayol ushlandi