18:38 / 11.07.2023
219

Samarqandda yo‘lovchi ayol 71 yoshli otaxonning mashinasini olib qochdi

Samarqandda yo‘lovchi ayol 71 yoshli otaxonning mashinasini olib qochdi

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Samarqand viloyati Jomboy tumanida yo‘lovchi ayol 71 yoshli otaxonning mashinasini olib qochdi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 4 iyul kuni Jomboy tumanida yashovchi 71 yoshli K.R. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. 4 iyul kuni soat 06:30 da o‘z boshqaruvida bo‘lgan Spark’da Jomboy tuman markazida harakatlanayotgan vaqtida, yo‘l-yo‘lakay shu yerda bo‘lgan ayolni avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida olganini bildirgan. Uni o‘rmon xo‘jaligi hududiga olib borishga kelishib, manzilga olib borayotib, hojatga chiqish maqsadida mashinasini to‘xtatib, tushgan vaqtida ayol uning ruxsatisiz mashinaning rul boshqaruviga o‘tirib, noma’lum tomonga olib qochgan. Uning mashinasini aniqlashni va ushbu ayolga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Viloyat miqyosida “To‘sib ushlash” tadbiri e’lon qilinib, barcha YPX maskanlariga, YHXB xodimlariga bu haqda xabar berilgan. Natijada jabrlanuvchiga tegishli avtomashina noma’lum ayol tomonidan Tayloq tumani “Galabotir” mahallasi hududida boshqarib borayotgan vaqtida to‘xtatilib, undan ushbu avtomashina tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Ushbu ayolning shaxsiga aniqlik kiritilganda, u Jomboy tumani “Dehqonobod” mahallasida yashovchi 21 yoshli D.N. ekani va spirtli ichimliklar ta’sirida bo‘lgani aniqlangan.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Jomboy tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan D.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, D.N. protsessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. Tergov davom etmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda yo‘lovchi ayol 71 yoshli otaxonning mashinasini olib qochdi
ePN