Samarqandda yarim tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi

Samarqandda yarim tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi

Foto: YHXX axborot xizmati

Samarqand viloyati Urgut tumanida 500 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari to‘xtatib qolindi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 3 avgust kuni soat 00:05 larda Samarqand viloyati, Urgut tumanida joylashgan “Omonqo‘ton” YPX maskanida Cobalt to‘xtatilib tekshirilganda, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan, veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda, tegishli hujjatlarsiz 500 kg go‘sht mahsulotlari olib ketilayotgani aniqlangan.

Yaroqsiz go‘sht mahsulotlari tegishli tartibda yo‘q qilinib, hozirda haydovchiga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar