date
views 136

O‘zbekiston jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda AQSh bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda AQSh bilan hamkorlik qiladi

Foto: IIV

Joriy yilning 6 sentabr kuni O‘zbekiston IIV binosida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov bilan AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston ichki ishlar organlari va AQSh huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarining huquqiy asoslarini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, o‘zaro tajriba almashish hamda kadrlar malakasini oshirish kabi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga oid masalalar muhokama qilindi.

O‘z navbatida, elchi AQShning diplomatik missiyasi nomidan sohaga oid o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlanishi hamda kengayishi uchun hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakatning huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash borasida tegishli vazifalar belgilab olindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda AQSh bilan hamkorlik qiladi