date
views 246

Shavkat Mirziyoyev Shayxontohurda qurilgan yangi podstansiya bilan tanishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi infratuzilma inshootlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

So‘nggi yillarda poytaxt ham aholi, ham hudud jihatidan o‘smoqda. Muhandislik tarmoqlari quvvati shunga mutanosib tarzda oshirib borilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shayxontohur tumanida, “Paxtakor” stadioni yaqinida yangi podstansiya qurildi. Loyiha doirasida “Traktorsoz” podstansiyasidan 19 kilometrdan ziyod kabel tortilib, ikkita transformator o‘rnatildi. U kelgusi oyda ishga tushiriladi. Buning natijasida poytaxt markazida kafolatlangan 130 megavatt qo‘shimcha elektr energiyasi hosil bo‘ladi. Shahardagi boshqa podstansiyalarga yuklama kamayib, avariyaviy holatlar ehtimoli 60 foizga qisqaradi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari shu yerda Toshkent shahri elektr ta’minoti tizimidagi qurilish va modernizatsiya ishlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Yana beshta podstansiya qurilayotgani va to‘rttasi yangilayotgani, ularda jami 850 megavatt qo‘shimcha quvvat yaratilishi qayd etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Shayxontohurda qurilgan yangi podstansiya bilan tanishdi