16:43 / 04.11.2023
305

Toshkent xalqaro aeroporti panjarasi ortida turgan samolyotlarni suratga olgan yigitlar qo‘lga olindi

Foto: Telegram / Tashkent_Land

Uzbekistan Airports Sergeli tumanida yosh spotterlarning huquq-tartibot organlari tomonidan ushlanishi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh spotterlarning huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingani haqidagi foto va video materiallar tarqaldi. Ta’kidlanishicha, voqea Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi “Qumariq” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Bolalar havo bandargohi chegaralarini buzmagan holda Toshkent xalqaro aeroporti panjarasi ortida turib samolyotlarni suratga olgan.

“Gazeta.uz”ning yozishicha, xodimlar bolalarga baqirib, tahdid qilib, ularni so‘kkan. Bolalarni “Qumariq” mahalla qo‘mitasi binosiga olib borishgan va barcha suratga olish jihozlarini olib ketishgan. Hibsga olingan olti o‘quvchi shaxsiy avtomashinada boshqa joyga olib ketilgan.

Uzbekistan Airports O‘zbekistondagi spotting harakatini qo‘llab-quvvatlaydi va yosh avlodni ushbu hobbi bilan shug‘ullanishiga to‘sqinlik qilmaydi. Yil boshidan buyon Toshkent aeroporti hududida 30 ga yaqin rejali va rejadan tashqari spotting-turlar tashkil etildi. Shuningdek, joriy yilning 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan rejali kuzgi spottingda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar bolalar qatnashganini ham alohida taʼkidlash lozim”, — deyiladi xabarda.

2022 yil 26 yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Avispottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekistonda spotting harakati rasman qonuniylashtirilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat