Sovuq tushishi oqibatida bozordagi ayrim sabzavot va mevalarni sovuq urishi ehtimoli yuqori. Bu mahsulotlar o‘zining organoleptik xususiyatlari – mazasi, ta’mini yo‘qotadi va iste’molga yaroqsiz hisoblanadi. Bu haqda Sanepidqo‘mita xabar berdi.
Qayd qilinishicha, ushbu mahsulotlarning ozuqaviy qiymati ham pasayadi. Ular zaharlanishga olib kelmasa-da, barcha foydali xususiyatlarini yo‘qotadi va eriganidan so‘ng, saqlash muddati keskin kamayadi.
«Umumiy ovqatlanish korxonalariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari»ga ko‘ra, muzlab erigan va qayta muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlatishga ruxsat berilmagan.
Har bir oziq-ovqat mahsuloti texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga — SanQvaN, GOST (davlat standarti), tashkilot standartiga asosan saqlanishining muayyan talablari belgilangan. Ya’ni, har bir mahsulot qoida va normalarda belgilangan ma’lum harorat va havoning nisbiy namligida saqlanishi lozim.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring