00:13 / 04.01.2024
230

Antikorrupsiya agentligi: Bir qancha mansabdor shaxslarning tadbirkorlik faoliyatiga chek qo‘yildi

Antikorrupsiya agentligi: Bir qancha mansabdor shaxslarning tadbirkorlik faoliyatiga chek qo‘yildi
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarining ayrim mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganiga oid e’lon qilingan xabarlar va boshqa ochiq ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida bir qator mansabdor shaxslar tadbirkorlik subyektlarida ta’sischi yoki ulushga ega ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
 
Qayd qilinishicha, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf etish yuzasidan agentlik tomonidan chora ko‘rilgan.
 
Jumladan, quyidagi mansabdorlarning tadbirkorlik subyektlarida ta’sischilik va rahbarlik faoliyati tugatilgan:
- “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” DUK bosh direktori Sh.A;
- Toshkent shahri, Mirobod tumani hokimi A.S;
- “Milliy antidoping agentligi” rahbari A.S;
- “Axborotlashtirish bosh markazi” UK rahbari D.S;
- Andijon viloyati, Bo‘ston tumani hokimi S.N;
- “Milliy PR-markazi” DUK direktori D.S;
- Energetika vaziri o‘rinbosari U.M;
- Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.A.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat