146
Aleksandr Lukashenko “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi
Foto: Bosh vazir matbuot kotibi
O‘zbekiston prezidentining taklifiga binoan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 7 fevral kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bosh vazir matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Aleksandr Lukashenko bugun, 8 fevral kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurgan.
Qayd etilishicha, Aleksandr Lukashenko bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ygan.
Oliy martabali mehmon majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishgan.
Foto: Bosh vazir matbuot kotibi
“Vatanimizning 3 ming yillik tarixida yuz bergan eng muhim voqealarni o‘zida ifoda etgan ushbu majmua Belarus delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi. Ta’kidlash joizki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarning prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan bunyod etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan”, — deyiladi xabarda.
Foto: Bosh vazir matbuot kotibi “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi