
Asab va ruhiyat ilmiy-tibbiy markazi direktori, professor Zarifboy Ibodullayev “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida aytishicha, xalqaro mutaxassislar, keng jamoatchilik nazorati ostida O‘zbekistondagi barcha dorixonalardagi dorilarni tekshiruvdan o‘tkazib, ularni toifalarga bo‘lish kerak.
"Mustaqil ekspertlarni Hindiston, Turkiyadan, kerak bo‘lsa, Fransiyadan chaqirib, yangi texnologik apparaturalar orqali O‘zbekiston ichida sotuvda bo‘lgan dorilarni qaysi farmkompaniyalar olib kirgan bo‘lsa, o‘zlarining puliga yana bir marotaba tekshiruvdan o‘tkazish kerak.
Farmkompaniyadan tekshiruvdan o‘tkazilgan-ku, degan e’tiroz bo‘lishi mumkin. Nima uchun shifokorlar O‘zbekiston yoki Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan dorini yozmay, Rossiya yoki Ukraina, Yevropada ishlab chiqarilganini yozib berishni so‘rashyapti?
Xalqning O‘zbekiston dorilariga ishonchini oshirish uchun ularning sifati qay darajada ekanligini rivojlangan davlatlarning dorilari bilan qiyoslab, tekshiruvdan o‘tkazib, oshkora ko‘rsatib berish kerak", — dedi professor Zarifboy Ibodullayev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar