15:23 / 14.02.2024
215

Kogon tuman prokurori 90 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Kogon tuman prokurori 90 ming dollar olgan vaqtida ushlandi
Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati
Kun.uz manbasiga ko‘ra, Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori Bahodir G‘ulomov 2024 yilning 13 fevral kuni soat 23:00larda 90 ming AQSH dollari olayotganda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

U Buxoro viloyati prokuraturasi ish yurituvidagi «Kogon yog‘-ekstraksiya zavodi» AJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan jamiyat ta’sischisi M.I.dan unga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish va jinoyat ishi bo‘yicha yengillik qilib berish evaziga vositachi orqali Buxoro shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markazi binosi yaqinida 90 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Buhodir G‘ulomov Kogon tumani prokurori lavozimiga 2022 yil aprelda tayinlangan. U avval Buxoro viloyati prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat