Foto: Prezident matbuot xizmati
Avtotransport vositlarini ro‘yxatga olish va diagnostika markaziga tashrif chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent shahridagi gavjum chorrahalar va ko‘chalarni tartibga solish, bu orqali tirbandliklarni bartaraf etishga oid loyiha taqdimot qilindi.
Loyiha o‘z oldiga uchta asosiy vazifa qo‘ygan - piyodalar xavfsizligi va qulayligi, jamoat transportiga ustuvorlik, o‘tkazish qobiliyatini oshirish va yo‘l transport hodisalari sonini kamaytirish.
Mazkur loyiha sinov tariqasida Toshkent shahridagi ikkita yirik chorrahada — Bobur va Furqat ko‘chalari kesishmasida hamda Bog‘ishamol va Toshkent avtomobil halqa yo‘li kesishuvida amalga oshirildi.
Piyodalar uchun chorrahalarda «xavfsizlik orolchalari» bunyod etildi, piyodalar o‘tish joyida svetoforni boshqarish uskunalari o‘rnatildi. Jamoat transporti bekatlari yo‘lovchilar uchun tushib chiqishga qulay tarzda qayta loyihalashtirildi.
Shuningdek, chorrahalarga davomiyligi oqimga qarab moslashadigan intellektual svetoforlar tizimi tashkil etildi.
Bu kabi loyihalar natijasida chorrahalarning o‘tkazish qobiliyati sezilarli darajada oshib, tirbandliklar kamayadi, jamoat transporti yanada samarali bo‘ladi.
Prezident bu ishlarni kengaytirish, «shahar – piyodalar uchun» tamoyilini to‘liq ro‘yobga chiqarish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Hech qachon jahli chiqmagan odam
Toshkent viloyatida Mazda avtomashinasi yonib ketdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi voqea tafsilotlari
Toshkent avtobuslarida endi naqd pul olinmaydi. Shu bilan muammolar tugadimi?
Xalq artisti Jenisbek Piyazovga qisqa vaqtda belgilangan 4 ta jarima haqida (video)
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi