date
views 176

Prezident Namanganga tashrifini zargarlik korxonasi bilan tanishishdan boshladi

Prezident Namanganga tashrifini zargarlik korxonasi bilan tanishishdan boshladi
Shavkat Mirziyoev iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni koʻzdan kechirish uchun 25 mart kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoev dastlab Yangi Namangan tumanidagi “Gavhar grup” korxonasini borib koʻrdi.

Ta'kidlanishicha, mazkur korxona yiliga 1 ming 200 kilogramm zargarlik buyumlarini sanoat usulida ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonaga Turkiya, Italiya, AQSh va Germaniyadan zamonaviy uskunalar keltirilib, 2022 yilda ishga tushirilgan. Korxonada 100 dan ortiq kishining bandligi ta'minlangan. Shu erning oʻzida yoshlarga hunar ham oʻrgatiladi.

“Gavhar grup” 10 ming xil dizayndagi zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirgan. Chet ellar bilan hamkorlikda qoʻl soatlarining tilla korpusini tayyorlash yoʻlga quyilgan. 2023 yilda 270 kilogramm mahsulot ishlab chiqarilgan.

Davlat rahbari korxonada ishlayotgan zargarlar bilan suhbatlashdi.

Mamlakatimizda yiliga 100 tonna oltin qazib olyapmiz. Uni zargar tadbirkorlarga boʻlib toʻlash sharti bilan sotishga ruxsat berilgan. Ochigʻi, bunday imkoniyatlar hech qaysi davlatda yoʻq. Lekin yurtimizda oltinning atigi 6 foizi qayta ishlanyapti. Oltin qazib olinmaydigan mamlakatlar bizdan koʻp eksport qilyapti. Bu sohada biroz kechikdik. Shuning uchun ishlab chiqarishga qoʻshimcha sharoitlar yaratyapmiz. Bu hali boshlanishi. Sohani hali yana rivojlantiramiz”, — dedi Shavkat Mirziyoev.

Prezident korxonada turkiyalik ishbilarmonlar bilan tajriba almashish, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish masalalari boʻyicha muloqot qildi.

Shuningdek, “Mexmash” mas'uliyati cheklangan jamiyati mahsulotlarini ham koʻzdan kechirildi. Mazkur korxona yiliga 20 ming tonna burama mix va 18 ming tonna rulonli qogʻoz ishlab chiqarish, 6 million dollarlik eksport quvvatiga ega. 700 kishi ish bilan ta'minlangan.

Shavkat Mirziyoev bozor talabidan kelib chiqib, avtomobil sanoatida qoʻllanadigan mahkamlash mahsulotlari hajmini va eksportini oshirish, ish oʻrinlarini koʻpaytirish rejalari yuzasidan koʻrsatmalar berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Namanganga tashrifini zargarlik korxonasi bilan tanishishdan boshladi