
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida mayning ferma tashkil etgan shaxs aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Qarshi shahri “Oydin” MFYdagi xonadonda yashovchi A.E. o‘z uyida 11 dona to‘plamdagi mayning kripto-aktiv qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 238,9 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar