Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktor o‘rinbosari Umida To‘xtasheva boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Riga shahriga tashrifi davomida Latviya Moliya vazirligi huzuridagi Moliya va kelishuvlar markaziy agentligi direktori Anita Kruminya bilan uchrashdi.
Mamlakat diplomatik vakolatxonasi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida Latviyaning islohotlar bo‘yicha tajribasi va ilg‘or Yevropa nou-xau asosida O‘zbekistondagi transformatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Anita Kruminya O‘zbekiston Agentlikning vakolat va funksiyalari kengaytirilgandan so‘ng birinchi xorijiy hamkoriga aylanganini, bu Riga uchun mamlakatimiz bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha ustuvor ahamiyat kasb etishining ifodasi ekanini alohida ta’kidladi.
– Prezident Shavkat Mirziyoyevning ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, demokratlashtirish va inson huquqlarini himoya qilish borasidagi istiqbolli tashabbusini yuksak baholaymiz, – dedi Anita Kruminya. – Latviyaning ushbu sohalardagi amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashishga ham tayyormiz.
Latviya tomoni O‘zbekistonga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ilg‘or jahon amaliyotini joriy etishda ko‘maklashish maqsadida Toshkentda BM TTD va GIZ bilan birgalikda agentlik grant loyihasini boshlash rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Loyihaning birinchi bosqichi 2024 yilning iyun oyida boshlanadi
Loyiha xodimlarni malakaga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etishda ko‘maklashish, davlat organlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish vositasi sifatida raqamlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va boshqalarni nazarda tutadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi