105
3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin
Foto: Bandlik vazirligi
Koreyada avtomobilsozlik yo‘nalishi bo‘yicha yiliga 3000 nafar ishchiga talab bor. Bu haqda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev hamda Koreya Respublikasining Avtomobilsozlik sanoati uyushmasi raisi Kvak Yong Chol o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilindi.
O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida tashkil etilgan mazkur muloqotda ushbu davlat provinsiyalaridagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish uyushmalari rahbarlari ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda mezbonlar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini e’tirof etib, mehnat munosabatlari bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlikdan mamnun ekanini bildirdi.
Muloqotda Koreya avtomobilsozlik sanoati uyushmasi tarkibida 6800 ta korxona mavjud bo‘lib, unda 48 000 nafar xodim faoliyat olib borayotgani qayd etildi. Koreyaliklar ushbu tarmoqda yana yiliga 3000 nafar ishchiga talab borligini aytib, bu bo‘yicha O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish istagida ekanini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ishlash istagidagi o‘zbekistonliklarni qisqa fursatlarda ushbu yangi loyihaga qamrab olishga kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”