11:27 / 14.05.2024
133

Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan 2 yoshli bola qutqarib olindi

Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan 2 yoshli bola qutqarib olindi
Foto: FVV axborot xizmati
Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan ikki yoshli bola qutqarib qolindi, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Qayd etilishicha, 13 may kuni soat 16:58 da Zangiota tumani “Harakat” mahallasida joylashgan uylarning birida, ushbu uy egasining ikki yoshli farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida taxminan 5 metrlik hojatxona chuquridan bolani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan 2 yoshli bola qutqarib olindi