Joriy yilning 07 iyun kuni «Vodiy 24» Telegram kanalida “Davlat tashkiloti xodimining bunchalik asabiylashishiga nima sabab bo‘lishi mumkin?” sarlavhali videoxabar tarqalgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ijro hujjati bo‘yicha joriy yilning 07 iyun kuni soat 10-00 larda undiruvchi D.Mirpozilova Byuroning Andijon viloyat boshqarmasiga kelgan va aliment pullari to‘liq undirib berilishini so‘rab murojaat qilgan. Ijro hujjati bo‘yicha tushuntirishlar berilishiga qaramay u boshqarmaning murojaatlar bilan ishlash sho‘basi inspektori N.Ibragimovning xizmat xonasiga kirib, haqorat qilganligi sababli o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.
Alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlaganligi sababli qarzdor Z.Mirpozilov ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Hozirgi kunda qarzdor Z.Mirpozilovning aliment qarzi 10 mln. 74 ming so‘mni tashkil qiladi va viloyat Psixonevralogiya dipanserida statsionar tartibda davolanish uchun yotqizilgan.
Hozirda boshqarma inspektori N.Ibragimovning xatti-harakatlari yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazildi va ushbu masala boshqarmaning "Odob-axloq kengashi"da ko‘rib chiqilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari