Salar kanaliga kanalizatsiya suvi oqizilgani tasdiqlandi

Salar kanaliga kanalizatsiya suvi oqizilgani tasdiqlandi

Avvalroq Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan “Beter best” MCHJ qurilish obyektida kanalizatsiya quvuriga shikast yetgani oqibatida yer o‘pirilishi yuz bergani haqida xabar berilgan edi. Keyingi o‘rganishlar davomida ushbu quvurdan chiqqan oqova suv Salar kanaliga oqizilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi axborot berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan boshqarma rahbari Akmal Rasulov boshchiligida tezkor ishchi guruh tuzilib, voqea joyida o‘rganish ishlari olib borildi. Tekshiruv davomida oqova suvlar Salar kanaliga to‘g‘ridan to‘g‘ri tashlangani aniqlangan.

Ishchi guruh tarkibiga Atrof-muhit monitoringi, iqlim o‘zgarishiga moslashish va gidrometeorologiya yo‘nalishidagi tahliliy laboratoriya mutaxassislari, shuningdek, Yakkasaroy tumani ekologiya nazorati inspeksiyasi davlat inspektorlari jalb qilingan.

Mutaxassislar kanal suvidan namunalar olib, laboratoriya tahlillariga yuborgan. Ularning natijalari hamda o‘rganish yakunlariga ko‘ra, atrof-muhitni muhofaza qilish talablari buzilgani tasdiqlansa, qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rilishi bildirildi.

Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi qo‘shimcha ma’lumotlar o‘rganish ishlari to‘liq yakunlanganidan keyin e’lon qilinishini ma’lum qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar