Ayrim hollarda, ishchilarning oylik maoshini ololmay qolish holatlari uchrab qoladi. Shu paytda, xodimlar tomonidan o‘z huquqlarini talab qilib sudga murojaat qiladi va sud tomonidan ko‘rib chiqilib, ishchi fuqarolarning da’vosi qanoatlantiriladi. Lekin, uning ijrosi ta’minlanmasa, u bor yog‘i bir bet qog‘oz bo‘lib qoladi...
Ayni mazkur qarorning ijrosini ta’minlash Byuro organlari vakolatiga kiradi va Byuro tomonidan bu kabi ijro hujjatlarning ijrosi zudlik bilan bajarishga kirishiladi.
Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, karzdor DANG‘ARAMAXSUSSUVPUDRAT” MCHJdan undiruvchi ushbu korxonada ishlovchi 39 nafar ishchining foydasiga jami 277,9 mln. so‘mdan ortiq ish haqlarini undirish belgilangan bo‘lib, mazkur ijro ishi Byuroning Dang‘ara tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, ijro hujjati kelib tushgan kunning o‘zida qarzdor tegishli tartibda ogohlantirilib, ijro qilish uchun ixtiyoriy muddat berilgan va tezkor tartibda ijro harakatlari amalga oshirilgan.
Natijada, ikki kun ichida, 39 fuqarolarning 277,9 mln. so‘mdan ortiq ish haqlari undirilib, ularning plastik kartalariga o‘tkazib berildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi