Foto: Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi
Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanidagi Soyg‘o‘s mahallasi hududiga 3 ta ayiq kelib, mahalliy aholining chorvasiga hujum qilayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, holat viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va uning Urgut tumani inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tezkor tartibda nazoratga olingan.
Mazkur holat Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari chegarasida joylashgan Kunko‘rmas dovonining Qashqadaryo viloyati hududida sodir bo‘lgan. Urgut tumani Soyg‘o‘s mahallasi cho‘ponlari suv sathidan 2500-2700 metr balandlikda, ya’ni ayiqlarning yashash manzilida qo‘ylarini boqib kelishayotganda qo‘ng‘ir ayiqlar to‘rt bosh echkini yeb qo‘ygan.
Cho‘ponlarga yoki ayiqlarga talafot yetmagan. Shuningdek, mahalliy aholi 2 kun oldin kechasi ayiqlar Soyg‘o‘s mahallasiga 2-3 km yaqinlikdagi tog‘ bag‘rida o‘suvchi mevali daraxtlarni yeyish uchun tushib kelganligini aytgan.
Boshqarmaga ko‘ra, hozirda tegishli mutaxassislar tomonidan holat nazoratga olinib o‘rganish ishlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi