Ibodatxona devorlariga chizilgan rasmlar orasida yuzi ovalsimon, zebu-ziynatlarga burkangan ma’budaning tasviri ham mavjud.
Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan Urgut tumani, Jo‘rabtepa mahallasida joylashgan Qo‘rg‘ontepa yodgorligida ilk o‘rta asrlarga oid bo‘lgan ibodatxona o‘rni topildi.
-"Ushbu ibodatxona tarhi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lib, devorlarning saqlanib qolgan balandligi 3 m. Xonaga 5 ta eshik orqali kirish mumkin. Xona to‘rida taxt-supa, uning to‘rt tomonida ustun o‘rinlari joylashgan", deya xabar bermoqda Institut Matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, xona devorlari diniy mavzudagi suratlar bilan bezatilgan bo‘lib, saqlanib qolingan tasvirlar orasida yuzi ovalsimon, quloq va qo‘llari esa zebu-ziynatlarga boy bo‘lgan ma’budaning tasviri mavjud. Uning boshida ilk o‘rta asrlar So‘g‘d san’atida ko‘p uchraydigan qanotli, ustki qubbasi yarim oy shaklda bo‘lgan toj tasviri aks ettirilgan.
Ta’kidlanishicha, xonada aniqlanayotgan devoriy surat parchalari orasida bunday toj va personaj tasvirlarining turli parchalari aniqlanmoqda, qaysinkim mazkur ibodatxonaning devorlarida yuqorida qayd etilgan ma’buda tasviri yagona bo‘lmagani, balki bunday ilohlar tasvirlari xonaning barcha devorlarida tasvirlanganidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, ibodaxona devorlarida tokchalar ham mavjud bo‘lib, ulardan birining ichida loydan yasalgan haykalning qo‘l hamda oyoq qismlari topilgan. Arxeologlarning qayd etishicha ibodatxona VII-VIII asrlarda faoliyat yuritgan, ammo 712 yilda Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arablarning Samarqandga qilgan yurishlari natijasida yoqib yuborilgan bo‘lishi mumkin.
Hozirda ushbu joyda arxeologik qazuv tadqiqotlari, devoriy suratlarni saqlash, ulardan nusxa ko‘chirish va yechib olish jarayonlari davom etmoqda. Kelgusida yodgorlikni yaponiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda fanlararo usullarini qo‘llagan holda tadqiq etish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari