Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun ajratilgan grantning hududlar kesimida taqsimoti quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 11;
Andijon – 183;
Buxoro – 112;
Jizzax – 81;
Qashqadaryo – 193;
Navoiy – 60;
Namangan – 165;
Samarqand – 227;
Surxondaryo – 155;
Sirdaryo – 50;
Toshkent viloyati – 177;
Farg‘ona – 221;
Xorazm – 110;
Toshkent shahri – 155.
Grant aniq va tabiiy fanlar, texnika fanlari va tibbiyot fanlari yo‘nalishlariga alohida hisoblanadi. Bu sohadan ortib qolgani qolgan sohalar uchun ajratiladi. Buni jadvalda aniq ko‘rish mumkin.
Ma’lumot uchun, xotin-qizlar uchun o‘qishga kirishdagi asosiy imkoniyatlardan biri — ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiluvchi umumiy kvotaning 4 foizi miqdoridagi (2 mingta o‘rin) grant hisoblanadi. Unga talabgorlar ham tavsiyanomani Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasidan oladi. Tavsiyanomani kam ta’minlangan, to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, nogironligi bo‘lgan ota-onaning farzandlari kabi bir qator toifalarga mansub xotin-qizlar olishi mumkin va ular alohida tanlov doirasida kirish imtihonlarida qatnashadi, eng yuqori ball olgan 2 ming xotin-qiz tavsiyanoma asosida grantga o‘qishga qabul qilinadi.
Tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga va faqat ta’limning kunduzgi shakli uchun o‘tadi. Tavsiyanomasi bor xotin-qizlar ham 5 ta yo‘nalishga hujjat topshira oladi. Ularning ballari avvalo umumiy abituriyentlardan tashqari, tavsiyanomalilar uchun alohida hisoblanadi va eng yuqori ball to‘plaganlar imtiyoz bilan talabalikka qabul qilinadi, yetarli ball to‘play olmaganlar esa boshqa abituriyentlar kabi umumiy tanlovda qatnashadi va balliga qarab talaba bo‘la olishi yoki bo‘la olmasligi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi