13:30 / 03.08.2024
41

O‘zbekiston prezidenti huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi

O‘zbekiston prezidenti huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi
“O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzurida Iqlim kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Telegram'dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi. Iqlim kengashi iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish masalalari bo‘yicha prezident huzuridagi eng yuqori maslahat organi hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi doiraviy konvensiyasi va Parij bitimidan kelib chiqadigan O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishi monitoringini yuritish Iqlim kengashining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Yashil transformatsiya va iqlim o‘zgarishiga moslashish milliy markazi Iqlim o‘zgarishi milliy markazi (Iqlim markazi) deb qayta nomlandi.

Ilmiy va akademik salohiyatni oshirish hamda fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (Green University) Iqlim ilmiy forumi (rezidensiyasi) (Iqlim rezidensiyasi) tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston prezidenti huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi