Foto: Getty Images
O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiya qishloq xo‘jaligi konfederatsiyasi (CIA – Confederazione Italiana Agricoltori) prezidenti Kristiano Fini bilan uchrashuv o‘tkazdi.
CIA prezidenti O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda jadallashayotgani va mamlakat qishloq xo‘jaligidagi yuksak salohiyatidan xabardorligini ma’lum qildi.
"O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyormiz", – dedi Kristiano Fini.
Muloqot davomida tomonlar qishloq xo‘jaligida o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, xususan, savdo va investitsiya, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ilmiy tadqiqot va ta’lim sohalarida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Italiyaning irrigatsiya, urug‘chilik, ko‘chatchilik, bog‘dorchilik, mahsulotlarni qadoqlash va qayta ishlash borasidagi tajribasini o‘rganish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Vitaliy Levchenko: "Neftchi"da yoshlar yo‘q? Buning uchun sharoitlar yo‘q"