Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi davomida Karmana tumanida qurilayotgan kimyoviy mahsulotlar texnoparkini borib ko‘rdi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Zarafshon industrial technology nomi ostidagi ushbu kimyo texnoparki xitoylik ishbilarmonlar tomonidan barpo etilmoqda. Mazkur majmua uchun 130 gektar yer maydoni ajratilgan. Bu yerda umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 18 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Hozirgacha ularning ikkitasi — 40 ming tonna oleum, 170 ming tonna sulfat kislotasi olish loyihalari ishga tushirildi.
Davlat rahbariga texnoparkda amalga oshiriladigan yangi loyihalar haqida ma’lumot berildi. Xususan, qiymati 150 million dollarlik 1 million tonna sulfat kislotasi, 120 million dollarlik 50 ming tonna kaustik soda hamda 135 million dollarlik 100 ming tonna ftalotsianin (to‘qimachilik bo‘yog‘i) ishlab chiqarish korxonalari qurilishi boshlangan.
Texnoparkda boshqa tarmoqlar bilan kooperatsiya aloqalari samarali yo‘lga qo‘yiladi. Natijada qurilish sanoatida 75 million, yengil sanoatda 107 million, tibbiyotda 38 million dollarlik chetdan keladigan mahsulotlar o‘rni qoplanadi. Texnoparkda mahalliylashtirish ayni paytda 31 foizni tashkil qiladi. Loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi natijasida bu ko‘rsatkich ikki barobar ortadi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugungi kunda texnoparkda 300 kishining bandligi ta’minlangan. Barcha loyihalar amalga oshgach, 2 mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi. Shuningdek, kerakli kommunikatsiya tarmoqlari ham xorijiy investor mablag‘lari hisobidan qurilmoqda.
Shu yerda 2024—2030 yillarda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati negizida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, 5 milliard dollarlik 22 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ularda 3 mingdan ziyod yangi ish o‘rni bo‘ladi. Yiliga 2 milliard dollardan ziyod kimyo mahsulotlari ishlab chiqarilib, asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidenti loyihalarda ekologiya talablariga alohida e’tibor qaratish, zavodlarni uglerod oksidini havoga kam chiqaradigan uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Loyihalardan 4 tasi kelgusi yili foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan. Davlat rahbari ularning investorlari bilan muloqot qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi