Toshkent hayvonot bog‘iga uch yoshli Alatau laqabli jirafa keltirildi.
Toshkent hayvonot bog‘iga ilk bor jirafa keltirildi, deya xabar bermoqda zoologiya bog‘i ma’muriyati.
«O‘z kolleksiyamizni mazkur noyob jonivor bilan to‘ldirishga bo‘lgan ko‘p yillik urinishlar muvaffaqqiyatli yakunlandi, — deyiladi xabarda. — Olmaota hayvonot bog‘i o‘zining uch yoshli Alatau erkak jirafasini bizga taqdim etishga rozi bo‘ldi».
Yosh jirafaning ota-onasi Xan va Grasiya hamda yana bir yosh nar Sulu Qozog‘istonga 2003 yilda Janubiy Afrika Respublikasidan keltirilgan edi. O‘tgan yillarda ulardan 12 jirafa bolasi dunyoga keldi.
«Alatau uzoq yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tdi, o‘z hududini o‘zlashtirib, uni parvarish qilayotgan xodimamiz Shahzoda qo‘lidan sabzavotlar, mevalar, akasiya va qayrag‘och shoxchalarini ishtaha bilan emoqda», — deyiladi Toshkent hayvonot bog‘i saytida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi