
Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida 2,5 million dollar, ya’ni 28,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etilgani aytilmoqda.
«O‘zenergoinspeksiya» Samarqand hududiy boshqarmasi, DXX, IIB va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda Ishtixon tumanida «M.G.M.» oilaviy korxonasiga qarashli binoning yon qismida joylashgan yerto‘lada umumiy ulangan quvvati 244,4 kVtni tashkil etgan 89 ta mayning qurilmasini elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 28 mlrd 896 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo‘ldi.
Samarqand ViloyatiIshtixon TumaniElektr EnergiyaNoqonuniy FoydalanishM.G.M. KorxonasiTezkor Tadbir O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar