Toshkent shahrida joriy yil 1 yanvardan avtobuslarda naqd pul orqali toʻlovlar qabul qilinmaydigan boʻldi. Yoʻlkira uchun toʻlovlarni naqd toʻlash amaliyoti bekor qilinishi ortidan chiptachilar faoliyatidan voz kechilgan.
Qayd etilishicha, bugungi kunda poytaxtda 2 644 ta avtobekat boʻlsa, ular atrofiga 5 500 ta QR-chiptalar olish uchun shoxobchalar oʻrnatilgan. Ayni damda poytaxtdagi bu moslamalar mavjud boʻlmagan bekatlarga infokiosklarni integratsiya qilish ishlari ketmoqda.
Bunda, agar yoʻlovchi naqd pul orqali toʻlov qilmoqchi boʻlsa, QR-chiptani xarid qilish uchun toʻlov infokiosklaridan foydalanishlari mumkin. Bir martalik toʻlov uchun QR-chipta olinsa, yoʻl haqi 3 000 soʻm, ATTO kartasi yoki mobil ilova orqali toʻlashda esa 1700 soʻmni tashkil etadi.
«Agar yoʻlovchi yoʻl haqini naqd koʻrinishda qabul qiladigan boʻlsa, haydovchi qabul qilmasligi kerak. Vaziyat Transport inspektsiyasining hududiy inspektorlari tomonidan nazorat qilinadi. Birinchi safar ogohlantirish beriladi. Ogohlantirishga qaramasdan huquqbuzarlik takrorlanadigan boʻlsa, oʻrnatilgan tartibda haydovchiga ham yoʻlovchiga ham ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirishga toʻgʻri keladi», – deydi Transport nazorati inspektsiyasi Toshkent shahar hududiy boʻlimi inspektori Salimjon Nishonboyev.
Rasmiyga koʻra, ma'muriy bayonnoma MjTKning 144-moddasi hamda 145-moddasiga asosan rasmiylashtiriladi. Ya'ni, yoʻlovchiga nisbatan ma'muriy bayonnoma Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 144-moddasiga asosan tuziladi va bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan biri miqdorida jarima belgilanadi. Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 375 ming boʻlsa, 37 ming 500 soʻm miqdorida fuqaro jarimaga tortiladi. Avtobsularga esa «Toshshahartransxizmat» aktsiyadorlik jamiyati tomonidan nazorat kameralari oʻrnatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buxoroda virtual “valyutchik”lik qilgan 17 yoshli oʻsmir javobgarlikka tortilmaydigan boʻldi
Abdulla Qodiriy: muallifni qamatgan maqola
Urugvaylik futbol yulduzi Luis Suares bir insonning hayotini saqlab qoldi
Dam olish kunlaridan keyin ish ritmiga qanday qaytish mumkin?
Italiya bosh vaziri Tramp qarorgohiga tashrif buyurdi
Superliga va Pro liga reglamenti. Unga klublar munosabati qanday?
Nikohlar nega buziladi: asosiy sabablar va echimlar
"Manchester Siti" navbatdagi "yirtqich" himoyachi Abduqodir Husanovni sotib olmoqchi