Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahri Chilonzor tumani sudida 7 yanvar kuni U.Qaxarov raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda poytaxtdagi barni reklama qilishda ishtirok etgan 22 yoshli Sh Yunusovga nisbatan ma'muriy ish koʻrib chiqildi. «Gazeta.uz» sud qarorini oʻrgandi.
Xabar berilganidek, 25 dekabr kuni Escada lounge bar oʻz Instagram akkauntida Yangi yil shoularini reklama qiluvchi video e'lon qildi. Videodagi yigit orqasi bilan turgan etti nafar qizning keti va oyoqlariga urib, har bir zarbada sanani aytadi: «25, 26, 27, 28, 29, 30, 31 dekabr — har kuni».
«Katta yangi yil shousi», «kirish bepul», «kelib, bemalol dam olishingiz mumkin», — deydi yigit qizlarga ishora qilib. Kadr ortidan ovoz: «Nega qizlarni qarsillatding (urding)?» deb soʻraydi. «Sen qilmaganingdan keyin men qilaman-da!» — deb javob beradi yigit.
Videoga «Gazeta.uz»ning e'tiborini qaratgan toshkentlik Evgeniya M. Chilonzor tumani IIBga «Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida»gi hamda «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida»gi qonunlar buzilgani yuzasidan reklamani tekshirishni soʻrab, ariza yozganini ma'lum qildi.
U arizada Oʻzbekiston BMTning Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida konventsiyasiga a'zo sifatida bunday chiqishlarni qoralashini va barcha maqbul vositalar bilan xotin-qizlarni kamsitishga barham berish siyosatini amalga oshirish majburiyatini olganini eslatadi.
Ayolning soʻzlariga koʻra, bar reklamasi «ayollarga nisbatan hurmatsizlik aks etgan iste'molchilik munosabatini targʻib qiladi».
«Ayol sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi videolavhalarni suratga olish va tarqatishga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi, deb hisoblayman. Jamiyatimizda ayollar allaqachon ikkinchi darajali odam hisoblanadi. Barning material tom ma'noda ayollarning jinsiy ekspluatatsiyasini targʻib qiladi. Ularda tirik qizlar buyum — goʻsht boʻlaklari yoki oʻyinchoqlar sifatida koʻrsatilgan», — dedi Evgeniya.
Sud majlisida Sh. Yunusov oʻz aybiga iqror boʻlib, oʻsha kuni noma'lum qizlarga nisbatan koʻrsatilgan harakatlarni sodir etganini tasdiqlab, «klub ma'muriyatidan hech qanday moddiy foyda olmaganini» qoʻshimcha qildi. U oʻz qilmishi qanday oqibatlarga olib kelishini tushunganini aytdi va sudni bunday holat boshqa takrorlanmasligiga ishontirdi.
Sud Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) boʻyicha 5 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinladi, shu bilan birga, uni maxsus hibsxonada saqlash xarajatlaridan ozod qildi.
Qarorda qayd etilishicha, huquqbuzar oʻz xatti-harakati bilan jamiyatda oʻrnatilgan xulq-atvor qoidalariga ataylab mensimaslik kayfiyatini koʻrsatgan.
Sud qarorida bar ma'muriyatiga nisbatan hech qanday jazo nazarda tutilmagan. Unda yigit ushbu barda ishlashi yoki yoʻqligiga ham aniqlik kiritilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oʻzbekistonda mashina oʻgʻirlanishi holatlari ortib bormoqda: haydovchilarga qanday choralar tavsiya etilmoqda?
2025 yilda Ai-80 benzini sotuvi cheklanishi mumkin
Kuniga 10 ming qadam yurganlarni ragʻbatlantirish taklif etilmoqda
Qizlarni ketiga urgan yigit 5 sutkaga qamaldi
Toshkentda ona tomonidan kaltaklangan 4 yoshli qizcha vafot etdi
Toʻrtkoʻlda aliment toʻlovchi otadan 7 000 AQSh dollari undirildi
Transport vazirligi: naqd pulda toʻlov qilgan yoʻlovchilar jarimaga tortilishi toʻgʻrisidagi ma'lumotlar asossiz
Dollar toʻla hamyonni onaxonga qaytargan serjant: “Egasini tuni bilan qidirdim”