date
views 1 344

Jizzaxdagi kafeda sodir boʻlgan janjal yuzasidan ma'lumot berildi

Jizzaxdagi kafeda sodir boʻlgan janjal yuzasidan ma'lumot berildi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqda Jizzax shahridagi ovqatlanish shoxobchasida mushtlashuv roʻy berganligiga oid videotasvirlar tarqaldi. Jizzax viloyati IIB holat yuzasidan ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2024 yilning 23 avgustida «Doʻstlik» mahallasidagi kafeda Jizzax shahri, Forish hamda Zomin tumanlarida yashovchi O.O., O.Q., X.X., D.T, J.Q. va X.D. oʻrtasida janjal yuz bergan. Oqibatda Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi X.D. bir qator tan jarohatlari olgan.

Oʻz navbatida, 5 nafar ayblanuvchi qoʻlga olinib, jabrlanuvchi sud tibbiy ekspertizasidan oʻtkazilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «i» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bugunda tergov harakatlari yakunlangan boʻlib, jinoyat ishi tegishli sud organida koʻrib chiqilishi uchun prokuraturaga yuborilgan.

Kelishmovchilik Jizzax shahrining «Xalqobod» mahallasida istiqomat qiluvchi X.D. va sheriklarining eyilgan taom uchun haq toʻlamaganliklari hamda kafe xizmatchilarini haqorat qilganliklari ortidan kelib chiqqan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxdagi kafeda sodir boʻlgan janjal yuzasidan ma'lumot berildi