
Foto: IIBB
Toshkent xalqaro aeroportida 2 nafar qizni aldov yoʻli bilan Turkiyaga joʻnatayotgan shaxs qoʻlga olindi.
Toshkent viloyati IIBB xabariga koʻra, Nurafshon shahrida yashovchi 25 yoshli ayol N.K. oson pul topish maqsadida Bekobod shahri va Oʻrta Chirchiq tumanida yashovchi 21 yoshli ikki qiz — S.T. va M.M.ni katta pul topishga ishontirgan.
Biroq u qizlarni aeroportda Istanbul shahriga fohishalik uchun joʻnatayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari boshlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar