Toshkentdagi koʻp qavatli uylarda yashovchi xonadon egasi issiq suv tarmoqlaridan qarzi boʻlsa, butun uy issiq suv tarmoqlaridan uzilishi haqida xabarlar taraldi. Veolia Energy buni rad etdi.
Kompaniya matbuot xizmatining bildirishicha, koʻp kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi qoʻshnilarning isitish tizimidan qarzi mavjudligi sababli, butun turar joy binosida issiqlik ta'minotining oʻchirilishi haqida tarqalayotgan xabarlar yolgʻon.
“Shuni qat'iy ma'lum qilamiz: qoʻshnilarning qarzi tufayli kommunal xizmatlarning oʻchirilishi haqidagi xabar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi”, deyiladi raddiyada.
Kompaniya issiqlikni barqaror hamda uzluksiz ta'minlash maqsadida barcha chora-tadbirlar koʻrilayotganini bildirdi va faqat rasmiy manbalariga tayanishni, tasdiqlanmagan ma'lumotlarni tarqatishdan saqlanishni iltimos qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar