22:33 / 03.11.2016
11 746

Chaqaloqning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishi 1400 yil oldin aytilgani ma’lum bo‘ldi

Chaqaloqning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishi 1400 yil oldin aytilgani ma’lum bo‘ldi

Siz tug‘ilajak chaqaloqning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishi nimaga bog‘liqligini bilasizmi? Qur’on oyatlari chaqaloqning jinsi uning otasiga bog‘liq bo‘lishini bildirmoqda. Chaqaloqning jinsi erkakdan ona qorniga to‘kiladigan suyuqlikka bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, uning jinsi otadan keladigan maniyning hujayralariga bog‘liq bo‘lar ekan. Ona organizmi tug‘ilajak bolaning nasli aniqlanadigan jarayonda ishtirok etmaydi. Bu haqda Muxlis.uz sayti xabar berdi.

"Va albatta U Zot otilib chiqadigan nutfadan erkak-ayol juftlarni yaratgandir." (Najm surasi, 45-46-oyatlar)

"Axir u (bachadonga) to‘kiladigan maniydan bir (haqir) nutfa emasmidi?! So‘ngra laxta qon bo‘ldi. Bas, (Alloh uni) yaratib, raso (inson) qildi. So‘ng undan erkak va ayol juftlarni (paydo) qildi." (Qiyomat surasi, 37-39-oyatlar)

Tajribalar asosida tug‘ilajak bolaning jinsi faqat otaning maniysi tarkibidagi hujayralarga bog‘liq ekanligi, ona organizmining bunga hech qanday aloqasi yo‘qligi aniqlandi. Chaqaloqning jinsini belgilab beruvchi omil - bu xromosomalardir. Bolaning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishi ota maniysidan ona organizmiga X yoki Y xromosomalarning qaysi biri o‘tishiga bog‘liq bo‘ladi.

Shak-shubha yo‘qki, yigirmanchi asrning o‘rtalarigacha, ya’ni genetika fani paydo bo‘lguniga qadar, insoniyat tug‘ilajak chaqaloqning pushti belgilanadigan bunday nozik va murakkab mexanizmlardan mutlaqo bexabar edi. Aksincha, ko‘pgina jamiyatlarda bolaning jinsi aynan ona organizmiga bog‘liq degan xato fikr humkron edi. Tarixdan ma’lumki, ko‘pgina xalqlarda qiz tuqqan ayollar tahqirlanib, huquqlari poymol qilib kelingan.

Qur’oni Karimda esa, genetikaning fan sifatida paydo bo‘lishi va gen tushunchasining fanga kirib kelishidan deyarli o‘n uch asr avval bo‘lajak farzandning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishi ayol emas, balki aynan ota organizmiga, uning maniy tarkibiga bog‘liq bo‘lishi ochiq-oydin bayon qilib berilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chaqaloqning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishi 1400 yil oldin aytilgani ma’lum bo‘ldi