date

Toshkentda 2014 yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchilari aniqlandi

«Turkiston» saroyida «Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi» respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, mazkur tanlov Davlat rahbarining «Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

Tanlov O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi, “Kamolot” YoIH, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot sohasi mutaxassislari faoliyatini atroflicha o‘rganish, tahlil etish, bu boradagi ilg‘orlar ish tajribasini ommalashtirish, yutuq va yangiliklarni keng jamoatchilik e’tiboriga havola etishdan iboratdir.

Tanlov jarayonida targ‘ibotchilarning zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini ish jarayoniga samarali tatbiq eta olishi, aholi, ayniqsa, yoshlar bilan ishlash mahorati, ularga ijobiy ta’sir o‘tkaza olish qobiliyatiga doir ish uslubiga asosiy e’tibor qaratildi.

Tadbirda “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” respublika ko‘rik-tanlovining turli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblariga sovrinlar topshirildi.

Manba va foto: UZ24

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 2014 yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchilari aniqlandi