
Foto: Videodan kadr
Andijon viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 11 yil avval sodir etilgan bosqinchilik jinoyati fosh etilgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2014 yil 21 mayda Shahrixon tumani Bayroq mahallasida ikki nafar niqob kiygan shaxs pichoq va ov quroli bilan qurollanib fuqarolardan birining yashash xonadoniga bostirib kirgan.
Ular xonadon egasi va uning oila a'zolariga hujum qilib, ulardan pul talab qilgan. Soʻng agar huquqni himoya qilish organlariga murojaat qilsa oʻldirib ketishini aytib uydan chiqib ketgan va yashiringan.
Qariyb 11 yildan soʻng ushbu jinoyatni 1990 va 1993 yilda tugʻilgan ikki shaxs sodir etgani aniqlanib, ularning biri qoʻlga olingan. Ikkinchi jinoyatchini qidirish ishlari olib borilmoqda.
Gumondor shaxsdan bosqinchilikni sodir etishda foydalanilgan ov miltigʻi daliliy ashyo sifatida olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar