15:37 / 25.02.2025
201

Kuvayt Oʻzbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishi mumkin

Kuvayt Oʻzbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishi mumkin
Foto: "Dunyo" AA
Mamlakat elchixonasi koʻmagida Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti vakillarining Kuvaytga safari uyushtirildi.

Tashrifning asosiy maqsadi Kuvaytdagi salohiyatli ish beruvchi va rekruting kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazish hamda Oʻzbekistondan malakali ishchi kuchini Kuvaytga jalb qilish boʻyicha kelishuvlarga erishishdan iborat boʻldi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi safar davomida ushbu mamlakatning etakchi Kuwait Agriculture Company, Gulf Care Trade, AlJaber Group Holding, NBTC Group, Me Career, Brunel Energy Kuwait, Diversity Tech kompaniyalari va Courtyard by Marriott mehmonxonasi rahbarlari bilan samarali muzokaralar oʻtkazdi.

Uchrashuvlar davomida Oʻzbekistondan malakali ishchi kuchini jalb etish, til va kasbiy oʻqitish markazlarini birgalikda tashkil etish, nomzodlarni tanlash boʻyicha tanlovlar oʻtkazish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Oʻzbekiston vakillari kelgusida Kuvayt tomoni taqdim etgan talabnomalar asosida ushbu mamlakatga ishlashga xohish bildirgan nomzodlar taqdim etilishini bildirdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha anglashuv memorandumlarni ishlab chiqish va imzolashga kelishib oldilar.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat