12:44 / 02.03.2025
1 955

Urgut tumaniga yangi temiryo‘l liniyasi tortiladi

Urgut tumaniga yangi temiryo‘l liniyasi tortiladi
Foto: Urgut tumani hokimligi
Jomboy tumanidan Urgut tumaniga yangi temiryo‘l liniyasi qurilishi boshlangan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, uzunligi 50 kilometrdan ortiq bo‘lgan yangi tarmoq “Toshtemiryo‘lloyiha” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan bosh reja bo‘yicha zamonaviy mucandislik yechimlari hisobga olingan holda barpo etiladi.

Yangi temiryo‘l tarmog‘i Jomboy tumanidagi “MAN” zavodi yaqinidan boshlanadi va 4R-238 avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, Zarafshon daryosi bo‘ylab davom etadi. Daryoda maxsus temiryo‘l ko‘prigi barpo etiladi.

So‘ng Toyloq va Samarqand tumanlari davom ettirilib, Urgut tumaniga boradi. Temiryo‘l o‘tadigan Jomboy, Samarqand, Toyloq va Urgut tumanlarining aholi gavjum hududlarida bekatlar tashkil etiladi.

Masalan, Tojikiston bilan chegaradosh Urgut tumanida joylashgan «Jartepa» chegara bojxona posti yaqinida bekat quriladi. Bu esa tojikistonliklarga yurtimiz bo‘ylab temiryo‘l orqali ham sayohat qilish imkonini beradi.

“Mazkur yangi tarmoq yurtimiz temiryo‘l sohasidagi yirik loyihalardan biri. Bu orqali nafaqat “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi korxonalarining transport tarmog‘i yaxshilanadi, shu bilan birga aholi uchun qulaylik yaratiladi, hududda sayyohlik rivojlanadi”, deydi “Temiryo‘l loyihasi” MCHJ direktori Rasuljon Ro‘ziyev.

Qayd etilishicha, yangi temiryo‘l qurilishiga start berilgan va unda transport vaziri Ilhom Mahkamov, Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev va boshqa mas’ullar ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, qariyb 600 ming aholi yashayotgan va minglab korxonalar joylashgan Urgut tumaniga shu paytgacha temiryo‘l liniyasi tortilmagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat