22:27 / 18.03.2025
60

Urgutdagi qarzdor ota bayram arafasida farzandi uchun 80 mln.so‘m to‘lab berdi

Urgutdagi qarzdor ota bayram arafasida farzandi uchun 80 mln.so‘m to‘lab berdi
Endi aliment to‘lovchi otaning farzandi ham boshqa bolalar qatori Navro‘z bayramini ko‘tarinki ruxda nishonlaydi.

Fuqarolik ishlari Urgut tuman sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor J.T.dan undiruvchi G.Ye.ning foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Mazkur sud qaroriga asosan ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Urgut tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Ijro hujjati ijrosini ta’minlash mobaynida olib borilgan tushuntirishlar o‘z samarasini berdi.

Qarzdor ota Navro‘z bayrami arafasida farzandiga aliment uchun hisoblangan 80 million so‘mni bir yo‘la oldindan to‘lab berdi. Bu boradagi ishlar davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat