date
views 1 839

Toshkentda ijara bozorida pasayish qayd etildi: 1–3 xonali uylar arzonlashdi

Toshkentda ijara bozorida pasayish qayd etildi: 1–3 xonali uylar arzonlashdi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–mart oylarida Toshkentdagi uy-joy ijara narxlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan pasaygan. Xususan, 1, 2 va 3 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara haqlari sezilarli ravishda tushgan bo‘lsa, 4 xonali uylar ijarasi ba’zi tumanlarda luks toifadagi uylar hisobiga biroz qimmatlashgan.

O‘rtacha ta’mirlangan uylar bo‘yicha o‘rtacha ijara narxlari (mart 2025)
- 1 xonali — $296 (▼ -16,6%)
- 2 xonali — $379 (▼ -4,6%)
- 3 xonali — $454 (▼ -2,9%)
- 4 xonali — $521 (▼ -4,7%)

- Eng arzon tumanlar: Sergeli, Olmazor
- Eng qimmat tumanlar: Shayxontohur, Yakkasaroy

To‘liq ta’mirlangan uylar bo‘yicha o‘rtacha ijara narxlari (mart 2025)
- 1 xonali — $411 (▼ -13,1%)
- 2 xonali — $547 (▼ -15,0%)
- 3 xonali — $728 (▼ -8,5%)
- 4 xonali — $957 (▲ +3,1%)

- Eng arzon tumanlar: Sergeli, Uchtepa
- Eng qimmat tumanlar: Mirobod, Shayxontohur

Ijara bozoridagi ushbu o‘zgarishlar aholi uchun qulay imkoniyatlar yaratayotgan bo‘lsa-da, 4 xonali uylarni ijaraga olishda luks toifasi ta’sirida narx ko‘tarilishi kuzatilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ijara bozorida pasayish qayd etildi: 1–3 xonali uylar arzonlashdi
-->